06 Dekabr 2019

«Andijanpetro» MChJ qo‘shma korxonasi rasman operatorlikka kirishmoqda

2019 yil 5 dekabr kuni «O‘zbekneftgaz» AJ va «Zarubejneft» AJ (Rossiya) hamkorligida korporativ shartnomani imzolash va «ANDIJONPETRO» qo‘shma korxona operatorining ish boshlashiga bag‘ishlangan rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

«ANDIJANPETRO» yangi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi «O‘zbekneftgaz» AJ va «Zarubejneft’» AJ (Rossiya) tomonidan  2019 yilning 16 martida tashkil qilingan. 

«ANDIJANPETRO» MChJ QK tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan vazifa – amaldagi neft’ konlari – Janubiy Olamushuk, Xartum va Sharqiy Xartumda qazilma ishlarini olib borishdan iborat.

Janubiy Olamushuk konining o‘zlashtirilishi tarixi uzun bo‘lib, 1944 yilga borib taqaladi. Yangi operator «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning asosiy yondashuvi zamonaviy neft’ sanoati uskunalari va texnologiyalarini, shuningdek neft’ olishga doir innovasion usullarni qo‘llashdan iborat. 

Yangi qo‘shma korxona o‘ziga ishonib topshirilgan hududlarda neft’ qazib olish darajasini 3 baravarga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, jalb qilingan mutaxassislarning professional darajasini oshirish jarayoni davom etmoqda.