15 May 2020

SSP kompaniyalarning resurslar samaradorligini oshirishga yordam beradi

2020 yil 6 mayda SSP rahbari byudjeti 3 million evroni tashkil etadigan «Agro-oziq-ovqat sanoatida resurslar samaradorligi» yangi loyihasini ishga tushirish to’g’risida bitim imzoladi, uning 80 foizi Evropa Komissiyasining grant mablag’lari hisobidan qoplanadi.

Loyiha Buxoro, Farg’ona va Toshkent viloyatlarida joylashgan oziq-ovqat korxonalarini qamrab oladi va mahalliy korxonalarga agrar sektorda barqaror iste’mol va ishlab chiqarish amaliyotini joriy etish orqali yashil iqtisodiyotga o’tishda yordam berishni o’z ichiga oladi.

Ushbu loyiha doirasida Germaniya, Avstriya va Hindistondan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan bo’lib, ular bilan 4 yil davomida SSP quyidagi yo’nalishlarda ish olib boradi:

– ehtiyojlarni baholashni o’tkazish va kichik korxonalarni resurs va energiya tejash vositalarini joriy etish orqali o’z faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari to’g’risida xabardor qilish;

– 300 ta kichik korxonalarga ularning resurslari va energiya samaradorligini oshirishda amaliy yordam ko’rsatish;

– Mahalliy moliya institutlariga barqaror iste’mol va ishlab chiqarish kontseptsiyasiga asoslangan yangi moliyalashtirish vositalarini joriy etishga ko’maklashish;

– Resurs va energiya samaradorligini oshirish bo’yicha 30 mahalliy maslahatchilarni tayyorlash;

– mavjud agro-klasterlarga ilg’or ishlab chiqarish amaliyotini joriy etishga ko’maklashish;

– ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga uzoq muddatli ta’sirida mahalliy tashkilotlarning institutsional rivojlanishi va boshqalar.

Ushbu loyiha Evropa Ittifoqi Komissiyasining «SWITCH Asia» dasturi doirasida, Germaniya, Avstriya, Hindiston, Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekistonning tashkilot va konsalting kompaniyalari vakillari ishtirokida amalga oshirilmoqda.