05 Mart 2020

Prezident 2020 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini tasdiqladi

2-mart kuni Shavkat Mirziyoyev «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirish Davlat dasturi to’g’risida» gi qarorni imzoladi.

Davlat dasturi 284 punktni o’z ichiga oladi. Davlat dasturi doirasidagi loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar hisobidan 18,17 trillion so’m va 10,3 milliard dollar mablag’ yo’naltirish rejalashtirilgan.

Yana 2 trillion so‘m ijrochilar banklarning mablag‘lari hisobidan, 3,3 trillion so‘m va 10,3 milliard dollar – xalqaro moliya institutlari va grantlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.