08 Noyabr 2022

O‘zbekiston va Polsha parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilmoqda

7-noyabr kuni Oliy Majlisning yuqori palatasida Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisi Ravshan Alimovning Polsha Seymi “Polsha – Oʻzbekiston” parlamentlararo guruhi raisi Pavel Beyda boshchiligidagi deputatlari delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Senat maʼlumotlariga koʻra, uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, parlamentlararo aloqalar orqali rivojlantirishning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Polsha O‘zbekistonning muhim hamkori ekani, mamlakatimiz bilan yaqin do‘stona aloqalar o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda o‘zaro hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Polsha parlamentariylari Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston va “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi ijobiy tendensiyalar va yangi kelishuvlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga batafsil to‘xtalib o‘tdilar, O‘zbekiston hududlarida Polsha kompaniyalari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.