11 Dekabr 2019

O‘zbekistonda chet elliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida prezidentning «Turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 iyuldan boshlab viza (vizasiz) rejim muddati ichida, ammo 30 kundan oshmagan holda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilishini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Manba: Kun.uz