20 Avgust 2022

Bishkekda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining savdo maydoni o‘z faoliyatini boshladi

Qirg‘iziston poytaxtida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining tashqi savdo maydonchasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

O‘zbekiston TSBning yangi sayti qirg‘izistonlik hamkorlar bilan hamkorlikda yaratildi.

Maydonni ochishdan maqsad Respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘zaro savdo hajmini oshirish va xususiy sektorning sohadagi ishtirokini kengaytirishdan iborat.

Ayni paytda Bishkekdagi O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining savdo maydonchasida birinchi savdo operatsiyalari yo‘lga qo‘yildi.