23 Iyun 2022

Boku shahrida Oʻzbekiston-Ozarbayjon sammiti doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Boku shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon tadbirkorlar tashkilotlari milliy konfederatsiyasi (ASK) tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forumda ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida turli sohalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy ayirboshlash sohalarida davlatlararo munosabatlarning bugungi holatiga yuqori baho berildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning shu kunlarda O‘zbekistonga davlat tashrifi qardosh mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish asoslarini yanada mustahkamlashiga qat’iy ishonch bildirildi.

Forum doirasida Oʻzbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari vakillarining B2B formatdagi uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Mahalliy tadbirkorlarga mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, to‘qimachilik, elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarining mahsulotlari taqdimoti bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.