24 Fevral 2020

Energetika vazirligida Misr kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Energetika vazirligida Misr kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Energetika vaziri Misr kompaniyasi rahbarini yangi generatsiya quvvatlari qurilishi bo‘yicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar bilan tanishtirdi, bular: O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida 1 000 MVt li quyosh elektrostansiyasi va 1 300 MVt li issiqlik elektrostansiyasi qurilishi. 

Ta’kidlandiki, O‘zbekistonda 2019 yilda «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga muvofiq, Xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki) va OTB bilan birga 2025 yilgacha 2 GVt quvvatli quyosh elektrostansiyalarni qurish uchun salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, XMK bilan birga «1200-1400 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyalari qurilishi» loyihasi doirasida tender savdolari e’lon qilingan. G‘oliblarni shu yilning noyabr’-dekabr’ oylarida aniqlash rejalashtirilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 1,0 – 1,3 mlrd. doll.ga teng.

O‘zbekiston tomoni, investisiyaviy hamkorlikdan tashqari, Energetika vazirligi «ElsewedyElectric» kompaniyasi bilan elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazini yaratish, ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘mir qazib olishni rivojlantirish, shuningdek uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashga sarmoya kiritish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Ahmad Al Sevediy, o‘z navbatida O‘zbekistonning elektr energetika sohasini isloh qilish jarayonlariga, shuningdek mamlakatda energetik xavfsizlikni ta’minlash va generatsiyalanuvchi quvvatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan loyihalarga katta qiziqish bildirdi. Taqdimoti o‘tkazilgan loyihalarni batafsil o‘rganib chiqishga kelishib olindi.