24 Iyul 2019

Nyu-Yorkda «O’zbekiston kapital bozoridagi imkoniyatlar» investitsion forumi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 22 iyul kuni dunyoning moliyaviy poytaxti hisoblanmish Nyu-York shahrida ilk bor Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan «O‘zbekiston kapital bozoridagi imkoniyatlar» investision forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 140 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, AQShning yirik portfel investorlari, yetakchi investisiya va boshqaruv kompaniyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning 20 ga yaqin yetakchi kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni rejalashtirishdi.

Forum ochilishida Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari S. Safoev va Tashqi ishlar vaziri A.Komilov so‘zga chiqib, mehmonlarga bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berishdi.

Agentlik direktori A.Nazirov dunyoning yetakchi kompaniyalari – Citi, MUFG, Franklin Templeton, Dentons va boshqa ekspertlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.
Forum ishtirokchilari O‘zbekiston emitentlarining qimmatli qog‘ozlariga investisiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar va muammolarni muhokama qildilar, shuningdek, AQSh portfel investorlari va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida investisiyalarni jalb etishga doir qator to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazildi.

Forum yakunida ko‘plab AQSh investisiya kompaniyalari O‘zbekiston kapital bozorida ishtirok etishdan, masalan, mahalliy birjada qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va O‘zbekistonda o‘z sho‘’ba korxonalarini ochishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining matbuot xizmati