31 Oktyabr 2022

Pusanda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi

Joriy yilning 27-oktabr kuni Pusan ​​shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun sarmoyaviy imkoniyatlarni ochishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Pusan ​​iqtisodiy taraqqiyot agentligi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari Savdo-sanoat palatalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda Koreya kompaniyalariga O‘zbekistonning erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, sarmoya kiritish uchun tavsiya etilgan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, savdo-sotiqni rivojlantirishga doir dolzarb masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi mavjud va yangi logistika yo‘laklaridan foydalanish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.