06 Sentyabr 2022

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 sentabr kuni Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi, shuningdek, B2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Ozarbayjon tadbirkorlar klubi taʼsischilar klubi va Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston tadbirkorlar ittifoqi (ATUİAB) koʻmagida tashkil etildi.

Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “B2B” formatida uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi, bu ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, qo’shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘ladi. 

Biznes-forum doirasida Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan zavod va fabrikalarda biznes-turlar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar ham tashkil etiladi.