30 Sentyabr 2022

Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi San bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, Koreya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, O‘zbekistonda Koreya Respublikasi tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisi rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, savdo va investitsiya sohasida salmoqli natijalarga erishish uchun tayyor investitsiya loyihalari va aniq takliflari bo‘lgan korxona va tashkilotlarni topishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbir va loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.