17 May 2022

Markaziy bankda Citi Bank va Societe Generale vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Markaziy bank rahbariyati Citi Bank va Societe Generale vakillari bilan O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash yo‘llari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi joriy makroiqtisodiy vaziyat va pul-kredit siyosati masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, jahon miqyosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xatarlarni hisobga olgan holda kelgusi yillar uchun makroiqtisodiy prognozlar bo‘yicha ham fikr almashildi.