20 Avgust 2019

Birinchi yarim yillikda tashqi savdo aylanmasi qariyb 7 milliard AQSh dollariga o’sdi

Natijasida 2019 yilning yanvar-iyul oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 24 526,8 mln. AQSh doll.ni tashkil etib, 6 834,0 mln. AQSh doll.ga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 %ga oshgan. Ushbu raqamdan eksport hajmi 10 880,2 mln. AQSh doll.ga (o`sish sur`ati – 44,5 %) va import hajmi esa 13 646,6 mln. AQSh doll.ga (o`sish sur`ati – 34,3 %) yetdi. Hisobot davrida 2 766,4 mln. AQSh doll. qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi. O`zbekiston jahonning 167 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Uning tashqi savdo aylanmasi dunyo davlatlari qatorida nisbatan salmoqli hissasi Hitoyda (18,5%), Rossiya Federatsiyasida (14,6%), Qozog`istonda (8,1%), Koreya Respublikasida (6,5%), Turkiyada (5,7%), Germaniyada (2,2%) va Qirg`izistonda (2,1%) qayd etilgan.

Tashqi savdo aylanmasi tahlili o`sishni ko`rsatib, 2019 yil yanvar-iyul oylarida 24 526,8 mln. AQSh doll.ni tashkil etdi va o`tgan yilning mos davriga nisbatan 6 834,0 mln. AQSh doll. qiymatga oshgan.

MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-iyul oylarida 33,2 %ni (8 147,4 mln. AQSh doll.), otgan yilgi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 119,5 % o`sishni tashki etdi.

Shu bilan birga, boshqa horijiy hamkor-davlatlar bilan joriy savdo munosabatlari davom etmoqda. Boshqa horijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulishi 66,8% yetib (16 739,3 mln. AQSh doll.) o`tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,6 % oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (347,2 mln. AQSh doll.), Afg`oniston (315,6 mln. AQS AQSh H doll.), Tojikiston (88,7 mln. AQSh doll.), Fransiya (27,3 mln. AQSh doll.) va Eron (16,2 mln. AQSh doll.). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda.