08 Aprel 2020

Jahon banki O’zbekistonga moliyaviy ko’mak beradi

Joriy yilning 6 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Jahon banki vise-prezidenti S.Myuller videokonferens aloqa yordamida Mamlakat hamkorlik platformasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalalarini muhokama qildilar.

Myuller Jahon banki «Strategik tayyorgarlik va javob dasturi» ning bir qismini (tezkor moliyalashtirish global paketining hajmi 14 milliard AQSh dollarini tashkil etadi) O‘zbekistonning inqirozga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar etishini ta’kidladi.

Bank rahbariyati hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini va byudjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasi faol ko‘rib chiqilayotganligini bildirdi. Mazkur mablag‘lar joriy yilning mart oyida tasdiqlangan kommunal infratuzilmani modernizasiya qilish loyihalarini va qishloq xo‘jalik  mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan 700 mln. dollar miqdoridagi kredit liniyalariga qo‘shimcha bo‘ladi.

Videokonferensiya yakunlari bo‘yicha S.Myuller O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish masalasi ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishiga ishontirdi.