19 Aprel 2022

Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun 20 million dollar bermoqchi

13-aprel kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev va Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Saida’zam Alimov Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, shuningdek, BePro kompaniyasi ishlab chiquvchilari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar. BePro va Markaz tomonidan 35 ta vazirlik va idoralar, shuningdek, agrosanoat majmuasiga kiruvchi 14 ta tashkilotning raqamli infratuzilmasi o‘rganildi.

Loyiha doirasida Jahon banki bilan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini rivojlantirish uchun 20 million dollar ajratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Shundan 8,2 million dollar yer tuzish tizimiga, 5 million dollari suv resurslarini boshqarishga yo‘naltiriladi. Yana 6,8 million dollar uskunalar xarid qilish, infratuzilmani tayyorlash va texnik yordamga sarflanadi.

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish tizimi konsepsiyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • yer tuzish sohasida ekinlarni aniqlash;
  • suv resurslarini boshqarish, sug’orish samaradorligini aniqlash;
  • hosilni bashorat qilish;
  • agrosanoat kompleksining moliyaviy resurslarini boshqarish.

Jahon banki Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuqori darajasini qayd etdi, deyiladi xabarda.