Erkin iqtisodiy zonalar

«Angren» erkin iqtisodiy zonasi

«Angren» erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • daromad solig‘i;
  • yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq;
  • ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish uchun soliq;
  • kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
  • shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar.

Shuningdek «Angren» erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida «Angren» EIZ hududiga olib kiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallardan olinadigan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).

Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar kiritilgan investisiyalarning hajmiga qarab, shu jumladan quyidagilarga teng miqdorda 3 yildan 7 yilgacha muddatda beriladi:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha — 3 yilgacha muddatga
  • 3 mln. AQSh dollaridan 10 mln. AQSh dollarigacha — 5 yilgacha muddatga;
  • 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yilgacha muddatga.