23-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Ilzat Qosimov boshchiligidagi Ishchi guruhning Vetnamga tashrifi doirasida bir qator yetakchi Vetnam kompaniyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xususan, Masan Group bilan muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Sovico Group bilan transport, shaharsozlik, turizm va bank-moliya sektorida hamkorlik imkoniyatlari o’rganildi.
Shuningdek, ROX Group bilan turizm va shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Vingroup va uning a’zo kompaniyalari VinHomes, VinPearl va VinFast bilan muzokaralar davomida ustuvor iqtisodiy sohalardagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Vingroup bilan uchrashuvdan so’ng o’zaro hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida bitim imzolandi.