O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni (PQ-83) imzoladi.
Hujjat bilan 2023−2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan 31 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa vazirliklardagi ulushlari prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi balansiga o‘tkazib, mazkur kompaniyalarni isloh qilish vazifasi yuklatilgan.
Davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlar) UzAssets investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi. Ushbu kompaniya tomonidan xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etish eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda ular bilan tuxiladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazib talab etilmaydi.
UzAssets kompaniyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
Boshqariladigan investitsiyaya aktivlarini o‘rtcha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab UzAssets investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.