2024-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon investitsiya agentligi prezidenti Abdulsalom al-Murshidiy bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Muloqot chogʻida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning amaliy yo‘llari muhokama qilindi.
Mintaqaviy aloqalar kun tartibiagi dolzarb mavzulardan biri bo‘ldi. Yanada yaqin hamkorlik orqali ikkala mintaqada ham bozorga kirishni kengaytirish zarurligi qayd etildi.