Avstriyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi raisi Durbek Ahmedov Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda hamkorlikni yanada mustahkamlash, muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik, soha rivojida parlamentning o‘rni muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida tomonlar hamkorlik rejalarini ham muhokama qilib, uning yuqori darajasini tasdiqladilar, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.