“Kun.uz” muxbirining xabariga ko’ra, “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.
2023-yil 21-iyuldagi PQ-111-son qaroriga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidagi har bir investorga loyiha ishga tushirilgunga qadar barcha bosqichlarda ularga hamrohlik qiladigan, xususan, yer uchastkalarini olish, infratuzilmaga ulash, ruxsatnomalar berish kabi masalalarni hal qiladigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.
Farmonga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:
2023-yil 1-dekabrga qadar Elektron hamkorlik portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.
GSP+ tizimining afzalliklari haqida ma’lumot olish, sinov laboratoriyalarini (jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha) erkin tanlash, shuningdek, elektron test hisobotlarini berish imkonini beruvchi “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.
“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning shtrix kodlari davlat reestrini yuritish bo‘yicha monopoliya funksiyasi bekor qilinadi.
2023-yil 1-avgustdan boshlab 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun “loyiha idoralari” tashkil etiladi.