29 avgust 2023

Vision Industries O’zbekistonda shamol generatorlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi

Saudiya Arabistoni muqobil energetika kompaniyasi Vision Industries O’zbekistonda ish boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Spot ISSV matbuot xizmatiga tayanib.

Vazirlik rahbarining o’rinbosari Oybek Hamrayev biznesni rivojlantirish bo’yicha kompaniya direktori Muhammad bu-Zeidni qabul qildi. Tomonlar qo’shma ishlab chiqarish tashabbuslarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

«Shamol energiyasi tizimlari uchun foydalaniladigan butlovchi qismlarni mahalliylashtirish sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlarga erishildi», — deyiladi vazirlik xabarida.

O’tgan hafta respublikaga Vision Invest investitsiya kompaniyasi prezidenti Omar Al-Midani ham tashrif buyurdi. Uni shaxsan ISSV rahbari Laziz Kudratov qabul qildi.

U bilan ta’lim, sog’liqni saqlash, transport-logistika, sanoat chiqindilarini boshqarish va suvni tozalashda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo’nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqishni boshlashga kelishib oldilar.