2023-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarini kengaytirishning holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi BMT, IHT, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi muloqotga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.