Rossiyaning “TexnoNIKOL” kompaniyasi Agrenda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi, deb xabar beradi Spot korporatsiya matbuot xizmatiga tayanib.
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston qurilish sohasida yuqori o‘sish sur’atlarini qayd etmoqda. Masalan, so‘nggi yetti yilda qurilish hajmi to‘rt baravar ortgani qurilish materiallari bozorining rivojlanishini rag‘batlantirmoqda.
2025-yilda Angren shahrida issiqlik izolyatsion materiallar ishlab chiqaruvchi zavod ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 1,3 milliard rubl (13,35 million dollar)ga baholanmoqda.
«TexnoNIKOL» kelgusi yilda qurilishning faol bosqichini boshlaydi.
Investitsiya loyihasi zavod, mahsulotlarni saqlash ombori, shuningdek, 1,5 gektar maydondagi asfalt maydonchani qurishni nazarda tutadi. Korxona poydevor, ko‘milgan inshootlar, pol, fasad va tomlarni izolyatsiyalash uchun mo‘ljallangan plitalar ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, “TexnoNIKOL” O‘zbekistondagi yangi quvvatlar orqali o‘z mahsulotlarini Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga eksport qilmoqchi.