O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh davlat-xususiy muloqot uchun biznes-platforma – “Biznes 5+1”ni ishga tushirmoqda, deb xabar beradi Spot, AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosiga tayanib.
“B5+1 mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va islohotlar, davlat-xususiy muloqot, innovatsiyalar va xorijiy investitsiyalar orqali iqtisodiy xavfsizlikni rag‘batlantiradi”, — deyiladi xabarda.
2024-yilda B5+1 formatidagi ilk uchrashuv Olmaotada bo‘lib o‘tadi.
B5+1 biznes platformasini yaratish boʻyicha kelishuv sentabr oyida Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo va AQSh (C5+1) davlat rahbarlarining birinchi sammiti chogʻida erishilgan edi.
Keyin Oq uy yangi platforma mamlakatlar oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni toʻldirishini va iqtisodiy rivojlanish uchun xususiy sektorda aloqalarni oʻrnatishga yordam berishini taʼkidladi.