Elchi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning “OTP Bank” banki bosh direktori o‘rinbosari Laslo Vulf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikning dolzarb masalalari, yangi istiqbolli investitsiyaviy va boshqa qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Xususan, “Ipoteka-bank”ni modernizatsiya qilish, O‘zbekistonda qo‘shma vino ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Budapeshtdagi Vengriya Davlat opera teatrida O‘zbekiston madaniyati kechasini o‘tkazish hamda O‘zbekiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhokama qilingan har bir masala yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.