04 iyun 2024

Saudiya kompaniyasi O‘zbekistondan tamaki mahsulotlarini import qilishga tayyor

Elchi Nodirjon Turg‘unov O‘zbekiston mahsulotlarini import qiluvchi ‘‘BAT Middle East Cluster’’ bosh direktori Aleksandr Ganem bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qirollik bozorlariga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Saudiya kompaniyasi rahbari 2024-yilda O‘zbekistondan 300 ming AQSh dollariga teng tamaki mahsulotlarini olib kirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston tamaki mahsulotlari nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Iroq va Iordaniyaga ham sotiladi. Qirollikka mahsulot yetkazib berish uchun logistika masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida import qiluvchi “BAT Middle East Cluster” kompaniyasi bilan savdo hajmini kengaytirish va Oʻzbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishildi.