O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI 2024-2025-YILLARDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI DD 13 – MART, 2024-y. VMQ 128 – SON

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13 – MART, 2024-y.

VMQ 128-son

.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI 2024-2025-YILLARDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 2-bandida 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasida erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar hamda tegishli davr uchun iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi ikki yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

innovatsion infratuzilma subyektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish;

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;

kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni ta’minlash;

yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;

yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish;

ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.

3. Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Vazirliklar va idoralar “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha har chorak yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ma’lumot kiritib borsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-martdagi 128-son qaroriga

ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Innovatsion infratuzilma subyektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish

1.

Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kichik va o‘rta tashkilotlarning ilm-fan va ta’lim bilan integratsiya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash.

1. Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2024-yil iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, tarmoq korxonalari

2. Yoshlar akademiyasi a’zolari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va yosh olimlarning innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta tashkilotlarga tashrif buyurishi va uchrashuvlarini tashkil etish.

2024-yil noyabr

3. Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta tashkilotlar buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

2.

Klasterlar va yirik innovatsion tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda o‘z ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish ko‘nikmasini shakllantirish, bunda ilmiy-amaliy va uslubiy seminar-treninglar tashkil etish va ularning boshqaruv faoliyati sifatini oshirish.

1. “Tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish ko‘nikmasini shakllantirish uchun mahalliy va xalqaro darajada tashkil etiladigan seminar-treninglar reja grafigini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

vazirlik va idoralar, barcha tarmoq korxonalari

2. Seminar-treninglarda ishtirok etuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil avgust

3. Sohadagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, reja grafigi asosida seminar-treninglarni o‘tkazish, yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritish.

2024-yil dekabr

3.

Xalqaro ekspertlarni sanoat klasterlarini rivojlantirish uchun jalb etish.

1. Sanoat klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro seminar va forumlarni o‘tkazish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

vazirlik va idoralar, barcha tarmoq korxonalari

2. Sohadagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, xalqaro seminar va forumlarni tashkil etish.

2025-yil mart

4.

Innovatsion g‘oyalarni prototiplash va kichik seriyali birlamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun yoshlar innovatsion texnoparklarini tashkil etish.

1. Hududlarda tashkil etilgan yoshlar texnoparklarida biznes-inkubatsiya va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan jamoaviy foydalanish markazlari va hududiy “FabLab” tajriba-konstruktorlik maydonchalari tarmoqlarini hamda prototiplash ustaxonalarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mazkur hududiy “FabLab” tajriba-konstruktorlik maydonchalariga yoshlarni jalb qilish.

2025-yil iyun

II. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish

5.

Davlat ilmiy dasturlari doirasida xususiy sektorning innovatsion faolligini oshirishda ularning ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlar asosida moliyalashtirishning yangi ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.

1. Xususiy sektor vakillarining qisqa muddatli (bir yil) va tezkor ilmiy natija beruvchi loyihalarini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlovlar asosida saralab olish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Loyihalarni saralab olishda xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot subyektlarining uzviy hamkorligi yo‘lga qo‘yilganligi va tijoratlashtirish istiqbollariga e’tibor qaratish.

2025-yil 25-yanvar

6.

Ilmiy-tadqiqot faoliyat sifatini oshirish hamda uni tijoratlashtirish darajasi samaradorligini ta’minlash.

Ilmiy tashkilotlar tomonidan ma’lum bir sohada uchraydigan muammolarning muhim ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan takliflarni sohaning yetuk ilmiy mutaxassislari, zarur hollarda sanoat korxonalari vakillarining xulosasi asosida qabul qilish orqali tadqiqot sifatini oshirish.

2025-yil 1-maydan boshlab doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

7.

Innovatsion ekotizimni rivojlantirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalar mablag‘larini jalb qilish.

1. Innovatsion ekotizimni rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalar faoliyatini o‘rganish.

2024-yil iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi

(L. Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2024-yil dekabr

3. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalardan mablag‘lar jalb qilish cheralarini ko‘rish.

2025-yil mart — noyabr

8.

Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish.

1. Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

barcha ilmiy-tadqiqot institutlari

2. Ishlab chiqilgan namunaviy tizimni sinovdan o‘tkazish.

2024-yil noyabr

3. Namunaviy tizimni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish.

2025-yil mart

9.

Yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan qayta tiklanuvchi energetika, yangi kompozit materiallar, robototexnika, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, aqlli qishloq xo‘jaligi, aqlli tibbiyot, aqlli sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) kabi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha sun’iy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etishda resurslarni jamlash, yangi ish o‘rinlari va mahsulot yaratish hamda yangi xizmatlar tashkil qilish.

1. Strategik yo‘nalishlar bo‘yicha moliyalashtiriladigan startap va tijoratlashtirish loyihalarida sun’iy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash talablarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(III. Shermatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishlab chiqilgan talablar asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2025-yil aprel

3. Zarur hollarda, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil sentyabr

10.

Tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohalarining zarur ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklari asosida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirish.

1. Kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Yoshlarni innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklarida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlari asosida o‘qitish.

Reja-grafik asosida

11.

Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash, xususiy sektor tomonidan innovatsiyalarni moliyalashtirishni (co-finance) rag‘batlantirish, shu jumladan, xususiy ishlanma va tadqiqot yoki moliyalashtirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar uchun maxsus qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy etish.

1. Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida xususiy sektor bilan qo‘shma moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan loyihalar ko‘lamini kengaytirish orqali aholi turmush tarzini yaxshilash.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Qo‘shma moliyalashtirish orqali xususiy sektor vakillarining ishlanma va tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish.

2025-yil may

12.

Ilm-fan namoyandalari va tadbirkorlar hamda yoshlar o‘rtasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning ahamiyati haqida ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish.

2024-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruh tomonidan ilm-fan namoyandalari va tadbirkorlar hamda yoshlar o‘rtasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning ahamiyati haqida ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari reja grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil fevral

3. Ma’rifiy-targ‘ibot haqida ma’lumot beruvchi videomahsulotlarni tayyorlash hamda tayyorlangan videomahsulotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Reja-grafik asosida

13.

Jamoatchilik va xususiy sektor vakillari orasida innovatsion loyihalar va startap kompaniyalarni venchur tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish mexanizmlarini keng yoritish.

1. Venchur moliyalashtirish mexanizmlari hamda mahalliy va xorijiy venchur tashkilotlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2024-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish.

2024-2025-yillar

3. Tadbirkorlar bilan venchur moliyalashtirish mexanizmlariga bag‘ishlangan uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish.

Doimiy

III. Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni ta’minlash

14.

Aholining innovatsion ishlab chiqarish faoliyatini davomli ravishda qo‘llab-quvvatlashda hududiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning mahalla institutlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish.

1. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bazasini shakllantirish.

2025-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlarda joylashgan oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida magistrlik, doktorlik dissertatsiya ishlari va ilmiy loyihalarni shakllantirilgan bazadagi muammolar asosida tashkil etish.

2025-yil avgust

3. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga joriy etilishini nazorat qilish.

Doimiy

15.

Mahalliy ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish.

1. Mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutuvchi innovatsion va startap loyihalar tanlovlarini o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida har bir hududda innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar tanlovlarini o‘tkazish.

2024-yil sentyabr

3. Startap loyihalarni belgilangan tartibda mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtirish.

2024-yil oktyabr

16.

Alohida tanlab olingan tumanlarda yuqori samarador innovatsiyalarni joriy etish.

1. Hudud aholisining turmush darajasini oshirish, yuqori texnologik yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va hududni kompleks innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlarida mavjud analoglariga nisbatan ham narx va sifat ustunliklariga hamda innovatsiya elementlariga ega loyihalarni o‘z ichiga olgan kompleks texnologik yechimlardan iborat innovatsion biznes model asosida Innovatsion hududlarni rivojlantirish uchun “Raqamli hokimiyat”, “Aqlli tibbiyot”, “Aqlli transport”, “Aqlli ta’lim”, “Aqlli qishloq xo‘jaligi”, “Aqlli energetika tizimi” va “Aqlli mahalla” konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Innovatsion hududlarda “Raqamli hokimiyat”, “Aqlli tibbiyot”, “Aqlli transport”, “Aqlli ta’lim”, “Aqlli qishloq xo‘jaligi”, “Aqlli energetika tizimi” va “Aqlli mahalla” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq qilish.

2025-yil may

17.

Hududlardagi iqtidorlarni aniqlash, rag‘batlantirish va ularning ilm-fan bilan shug‘ullanishlari uchun markaziy oliy ta’lim muassasalari, Yoshlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi tizimiga “Akademik harakatchanlik” va “Bo‘lajak olim” dasturlari orqali jalb qilish, yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirib borish.

1. “Bo‘lajak olim” tanlovi bo‘yicha hududlarda joylashgan yoshlar texnoparklarida seminar-treninglar o‘tkazish, tanlovga e’lon berilgandan so‘ng arizalarni tanlovga yo‘naltirish.

2024-yil avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Hududlarda mavjud bo‘lgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yosh olimlar uchun “Akademik harakatchanlik” dasturi to‘g‘risida muntazam seminar-treninglar tashkil etib borish hamda dasturga e’lon berilgandan so‘ng yosh olimlarni dastur doirasida qatnashib borishlarini tashkil etish.

2024-yil sentyabr

3. “Bo‘lajak olim” va “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh olimlarni rag‘batlantirish.

2024-yil dekabr

IV. Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish

18.

Innovatsion faoliyatning institutsional samaradorligini oshirishda milliy innovatsion tizimda (ilmiy faoliyat, texnologiya va innovatsiya) islohotlar izchilligini ta’minlash.

1. Ilmiy-tadqiqot + oliy ta’lim + ishlab-chiqarish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida tarmoq ehtiyojlari va talablari asosida tanlovlar e’lon qilish.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qo‘lga kiritilgan muhim ilmiy ishlanmalarning mahalliy bozorini tashkil etishga ko‘maklashish, ko‘rgazmalar tashkil etish.

2024-yil davomida

3. Milliy ilmiy-tadqiqot faoliyatining jahon ilm-fani yutuqlari bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna va qurilmalarini xarid qilishga ko‘maklashish.

2025-yil avgust

4. Ilm-fan, texnologiya va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirgan holda, nufuzli hamda sohada katta tajribaga ega yakka tartibdagi konsultant va konsalting kompaniyalarni jalb etish.

2025-yil dekabr

19.

Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tijoratlashtirish forumini tashkil etish.

1. “InnoWeek-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida Kuzgi tijoratlashtirish forumini o‘tkazish.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Forum doirasida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq korxonalari o‘rtasida imzolangan shartnomalar asosida yaratilgan tayyor mahsulot va xizmatlarni namoyish etish.

2024-yil dekabr

V. Yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish

20.

Resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash.

1. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarni “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” zanjiri negizida tashkil etish.

2024-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

tarmoq korxonalari

2. Ilmiy loyihalar natijalarini amaliyotga tatbiq etish va tijoratlashtirish bo‘yicha ilm-fan va tarmoq vakillari uchrashuvlarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

3. Amalga oshirilgan ilmiy loyihalar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

21.

Sanoat muammolarini hal etishga respublika ilmiy salohiyatini keng jalb qilish.

1. Sanoat korxonalariga olimlar tashrifini tashkil etish reja grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor xo‘jalik subyektlari

2. Reja-grafik asosida korxonalarga olimlarning tashrifini, mutaxassislar bilan uchrashuvlar hamda muammolarni o‘rganishlarni tashkil etish.

Reja-grafik asosida

VI. Ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish

22.

Talaba yoshlarda innovatsiyaning dastlabki ilmiy, terminologik, texnologik tushunchalarini shakllantirish orqali innovatsion faoliyatda ularning rolini oshirish.

1. Oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarga talabalarni jalb etish bilan ularda innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish.

2024-yil avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, ijrochilarning mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida yosh tadqiqotchi va talabalar o‘rtasida terminologik, texnologik tushunchalarni shakllantirish uchun doimiy seminar-trening o‘tkazib borish.

Doimiy

23.

Ilm-fan va innovatsion faoliyatga kirib kelayotgan yoshlar, stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning bilimi va saviyasini oshirish maqsadida o‘z iqtidorlarini va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun jozibador rag‘batlantirish mexanizmlarini, intellektual raqobat muhitini yaratish.

1. O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tomonidan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va ko‘rik-tanlovlarda stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning faol ishtirokini ta’minlash.

2024-yil avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, ijrochilarning mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘lgan stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarni munosib mukofotlash.

2024-yil noyabr

3. G‘oliblarning ixtironi patentlash bilan bog‘liq xarajatlarini Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish.

2025-yil mart

24.

Iqtidorli maktab o‘quvchilari va talaba yoshlarni o‘zida jamlagan Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va qamrov doirasini oshirish orqali yoshlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qo‘llab-quvvatlash.

1. Yoshlar akademiyasi tomonidan hududlar, oliy ta’lim muassasalari va respublika miqyosida tashkil etiladigan tadbirlar hamda tanlovlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Tadbirlar va tanlovlarni tashkil etish hamda g‘oliblarga respublika bosqichiga yo‘llanma berish.

Reja-grafik asosida

3. Tadbirlar va tanlovlarning respublika bosqichini tashkil etish, g‘olib yoshlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qo‘llab-quvvatlash va Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilish.

Reja-grafik asosida

25.

Oliy ta’lim muassasalaridagi innovatsion markazlar, texnoparklar hamda hududiy innovatsiya markazlari va biznes-inkubatorlarda startap loyihalarni akseleratsiyadan o‘tkazish dasturlarini keng joriy etish.

1. Oliy ta’lim muassasalari va texnoparklar uchun intensiv akselerator dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Belgilangan tartibda akselerator dasturi uchun sharoit yaratish va mentorlar bazasini shakllantirish.

2024-yil dekabr

3. Akselerator dasturlarini har bir tashkilotda bir yil davomida kamida bir marotaba e’lon qilish.

2025-yil davomida

26.

Innovatsiya va texnologik faoliyatni boshqarish yo‘nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning muntazam ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil qilish.

1. Har yili kamida bir marta stajirovkaga yuborish uchun tanlov e’lon qilish.

2024-yil iyun

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Nomzodlarni saralab olish va stajirovkaga yuborish.

2025-yil mart — dekabr

3. Stajirovka yakuniga ko‘ra belgilangan ilmiy hisobotni qabul qilish.

Doimiy

.

.

.

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat _20.06______2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.

.