25 iyun 2024

O‘zbekiston va Xitoyning Janubiy hududlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari amaliy safar bilan Chjunshan shahrida bo‘ldilar, deb xabar qilmoqda ‘‘Dunyo’’ AA muxbiri.

Shahar vitse-meri Ouyan Szinsyuan, shahar Tashqi ishlar va Tijorat byurosi rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda tomonlar yaratilayotgan imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanish va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish lozimligini ta’kidladilar.

Bosh konsulxona xodimlari ‘‘Mingyang Smart Energy Group’’ ishlab chiqarish korxonasi, ‘‘Sun Yat-sen Memorial Library’’ kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, Chjunshan kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy hamkorlik forumi tashkil etildi.

Forum davomida ‘‘O‘zbekiston investitsiya va eksport salohiyati’’ mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz hududlarida yaratilgan qulay biznes muhit, bu yerda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalar va salohiyatli qo‘shma loyihaviy takliflar yuzasidan to‘liq ma’lumot berildi.

Tomonlar o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va aniq natijalarga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari surish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Diplomatlar, shuningdek, ‘‘Mingyang Smart Energy Group’’ korxonasi va ‘‘Sun Yat-sen Memorial Library’’ kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishdilar.