15 iyul 2024

AQShning Global infratuzilma va investitsiyalar bo‘yicha hamkorlikning maxsus koordinatori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQShning Global infratuzilma va investitsiyalar bo’yicha hamkorlikning maxsus koordinatori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Helaine Matz bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat davomida tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, geologiya va raqamlashtirish loyihalariga xususiy moliyalashtirishni jalb qilish masalalarini muhokama qilishdi.

Ushbu tashabbus 2022-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan G7 sammitida AQSh tomonidan ilgari surilgan. Maqsad rivojlanayotgan mamlakatlarda sifatli infratuzilmani rivojlantirish uchun investitsiyalarni safarbar qilishdir.

Tashabbus doirasida Qo’shma Shtatlar grantlar, federal moliyalashtirish va xususiy sektor sarmoyalarini jalb qilish orqali besh yil davomida 200 milliard dollargacha, G7 mamlakatlari esa 600 milliard dollargacha mablag’ ajratadi. Tashabbusni amalga oshirishda Jahon banki va BlackRock, Brookfield, Global Infrastructure Partners kabi xususiy sarmoya kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli dolzarb masalalari, jumladan, investitsiyalar kiritish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha konstruktiv fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarning barcha muhokama qilingan yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga tayyorlik bildirildi.