06 avgust 2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yilning 5-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti Daniel Runde bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlarning diqqat markazida O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikka, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga taalluqli keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida AQSh ishbilarmonlik missiyalarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilish bildirildi.