13 avgust 2024

Londonda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Bosh kotibi Kazuxiko Koguchi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Yig‘ilishda YeTTB O‘zbekiston bilan hamkorlikda 162 ta loyihani amalga oshirgani, umumiy loyiha portfelining 52 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi moliyaviy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak baholanib, qo‘llab-quvvatlandi.

Taʼkidlanganidek, YeTTBning respublikadagi faoliyati xususiylashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ‘‘yashil’’ iqtisodiyot, energetika va transport loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yuqoridagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlar va tashriflar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.