22 avgust 2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida videokonferensiya orqali davra suhbatida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov videokonferensiya orqali AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Xalqaro anglashuv biznes kengashi (BCIU) va O‘zbekiston Respublikasining Vashington shahridagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, jumladan, oziq-ovqat va farmatsevtika ishlab chiqarishi, transport va logistika, IT-texnologiyalar sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida Laziz Kudratov Amerika kompaniyalari vakillarini muhokama qilingan tashabbuslarni batafsil oʻrganish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishga chaqirdi.