O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING BUYRUG‘I 2024-YIL 12-FEVRAL, 106-SON Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash haqida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING

BUYRUG‘I

2024-YIL 12-FEVRAL,

106-SON

.

Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 15-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3502]

O‘zbekiston RespublikasiningSoliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:

1. Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibiilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-martdagi 31-son “Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2357, 2012-yil 3-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 206-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi bilan kelishilgan.

4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir D. KUChKAROV

Kelishildi:

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi B. NABIJONOV

2024-yil 2-fevral

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 106-son buyrug‘iga

.

ILOVA

.

Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish tartibi

Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) (bundan buyon matnda standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu standartning maqsadi soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish tartibini belgilash hisoblanadi.

2. Ushbu standart soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Shartnoma tuzish bo‘yicha talablar

3. Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti hamda yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda mijoz (ishonch bildiruvchi) deb yuritiladi) o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

4. Shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan tuziladi hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari va mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan imzolanadi.

5. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan yeridan (pochta manzilidan) qat’i nazar, shartnoma tuzishga haqli.

6. Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliq maslahati bo‘yicha birgalikda xizmatlar ko‘rsatilganda, shartnomani birgalikda xizmatlarni ko‘rsatuvchi xar bir soliq maslahatchilari tashkiloti imzolashi mumkin.

7. Soliq maslahati bo‘yicha birgalikda xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan shartnoma har bir soliq maslahatchilari tashkiloti bilan alohida-alohida tuzilishi mumkin.

8. Shartnomaning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

maxfiylikka rioya qilish shartlari;

soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligini sug‘urta polisi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

9. Shartnomaga soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijoz (ishonch bildiruvchi) uchun quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:

soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi;

soliq maslahatchilari tashkilotining soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

Shartnomadagi soliq maslahatchilari tashkilotining rekvizitlarida uning soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestridagi raqami hamda fuqarolik javobgarligini sug‘urta polisining raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi.

10. Shartnomaning predmeti quyidagilardan iborat:

mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash, soliq hisobotini tayyorlash va taqdim etish masalalari bo‘yicha maslahat berish;

soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlashni, shu jumladan soliq hisobotini (deklaratsiyasini) mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan uning shaxsiy kabineti orqali taqdim etish;

ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha to‘langan soliqlar hisobidan soliq qarzini qaytarish va (yoki) to‘lash, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun soliq organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni qonunchilikda belgilangan hollarda tayyorlash;

soliq hisobini yuritish;

soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlash;

soliqqa oid va moliyaviy tavakkalchiliklarni tahlil qilish hamda baholash, mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq imtiyozlarini qo‘llashga doir tavsiyalar taqdim etish;

sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, fuqarolik, jinoyat ishlarini hamda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda vakillik qilish;

mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan o‘z soliq majburiyatlari muayyan davr uchun, shu jumladan ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda to‘g‘ri bajarilishini tekshirish;

soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatlar.

11. Shartnomaga soliq maslahati bo‘yicha bir yoki bir nechta xizmat turlari kiritilishi mumkin.

12. Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning muddatlari shartnomaning predmetidan kelib chiqib belgilanadi.

13. Soliq maslahati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun amalga oshiriladigan to‘lovning miqdori, shartlari va muddatlari shartnomaning predmeti va xizmatlar ko‘rsatishning muddatidan kelib chiqib belgilanadi.

3-bob. Yakuniy qoidalar

14. Soliq maslahatchilari tashkiloti tuzilgan shartnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan soliq maslahatida ishtirok etishga zarur bo‘lgan boshqa mutaxassislarni jalb qilishga haqli.

15. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

.

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan norasmiy tarjimada taqdim etilgan;

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat __20.08_____2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.

.