O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov Ummon investitsiya agentligi prezidenti Abdusalom Al-Murshidiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ummon tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Ummon investitsiya agentligi O‘zbekiston bilan munosabatlarni har kuni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganidan mamnunlik bildirildi. O‘zbekiston-Ummon sarmoyaviy kompaniyasining Toshkent shahridagi faoliyati mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlik yuksak darajada ekanidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi “O‘zbekiston-Ummon” sarmoyaviy kompaniyasi mamlakatimizda 10 dan ortiq yo‘nalishda loyihalarni samarali amalga oshirmoqda. Ummon tomoni atigi 5 ta davlat ishtirokida bunday formatdagi investitsiya kompaniyalarini yaratdi. Bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani Ummon Sultonligining mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sarmoyaviy muhitga ishonchi yuksak ekanidan dalolatdir.