O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar O‘zbekiston-Misr o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani va ko‘p qirrali hamkorlik kengayayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro hozirlik tasdiqlandi.
Turli daraja va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, jumladan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi muhokama qilindi.