2024-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiyaning Total Energies kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Mariya Brauzek bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Muzokaralarda “Total Energies” kompaniyasining O‘zbekistondagi loyihalari hamda avval oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar neft-kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashga kelishdilar.