20-21-noyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Quvayt oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Hukumatlararo qoʻshma komissiya hamraisi – Quvayt Moliya vaziri, Iqtisodiyot va investitsiyalar davlat vaziri Nura al-Fassam xonim boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi.
Delegatsiya tarkibida Quvayt Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va investitsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot va madaniyat vazirligi, Investitsiya agentligi, Sanoat boʻyicha bosh qoʻmita, shuningdek, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga Hukumatlararo qoʻshma komissiya hamraisi – Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchilik qiladi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan bir qator maxsus uchrashuvlar ham o‘rin olgan.