22 noyabr 2024

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Quvayt moliya vaziri, iqtisodiyot va investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashdi

2024-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri Nura Sulaymon Al-Fassom xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Muloqotda tomonlar O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yaqin hamkorlikni davom ettirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.