13 yanvar 2025

Maskatda Ummon kompaniyasi rahbariyati bilan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash zavodini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish maqsadida Ummonning ‘‘Areej Vegetable Oils & Derivatives SAOC’’ yirik kompaniyasi ijrochi direktori Salem Nasser Al-Bartmani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda Samarqand viloyatida ‘‘Areej Vegetable Oils & Derivatives SAOC’’ sarmoyasini jalb qilgan holda ketchup ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish va tomat pastasi yetkazib berishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ummonlik hamkor bilan yaqin kunlarda oʻzbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida onlayn uchrashuv oʻtkazish, soʻngra Oʻzbekistonga tashrif buyurish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Ushbu Ummon kompaniyasi o‘simlik moylari va ularning hosilalari, margarinlar, yog‘lar, sariyog‘, shuningdek, ketchup va mayonez ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.