O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Akixisa Nagashima bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog’ida O‘zbekiston va Yaponiya ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashda davom etmoqdaligi qayd etildi. Kun tartibidan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, muntazam almashinuvlarni davom ettirish va uzoq yillik do‘stlik poydevorini yanada mustahkamlash mavzulari joy oldi.
Shuningdek, kelgusi tadbirlar rejalari muhokama qilindi. O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va aniq natijalarga erishishdan ikki tomon ham manfaatdorligi alohida qayd etildi.