17 fevral 2025

Shanxayda O‘zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimiz Bosh konsulligi Xitoy Xalqaro Savdoni rivojlantirish kengashi, Shanxay Pudun okrugi qo‘mitasi va Xalqaro savdo palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning investitsion va turizm jozibadorligi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Tadbirda 200 dan ortiq boshqarmalar, savdo-sanoat birlashmalari, ishlab chiqarish va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Shanxay ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi ikki davlat uchun katta imkoniyatlar ochib berishi, turli sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, ikki davlat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim toʻgʻrisidagi shartnoma imzolash, toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar sonini koʻpaytirish va Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini har yili koʻpaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ishtirokchilarning fikricha, taqdimot va namoyish etilgan videoroliklar O‘zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatining jozibadorligi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini berdi, shuningdek, tashrif va hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishga xizmat qildi.