O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniyaning Saksoniya federal shtatining Grimma shahriga tashrif buyurib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Saksoniya Bosh vaziri kantsleri xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Devid Mishel, Grimma shahri meri Ute Kabits, Leypsig okrugi meri Geynrix Greyxen va Saksoniya parlamenti aʼzosi, Grimma shahrining sobiq meri Mattias Berger bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, ularda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Elchi shuningdek, ‘‘ESA Elektroschaltanlagen Grimma GmbH’’, ‘‘FAUN Viatec GmbH va AEL Apparatebau GmbH Leisnig’’ kompaniyalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kompaniya rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda mazkur korxonalarda o‘zbekistonlik yoshlarning malakasini oshirishni tashkil etish, savdo va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.