20 fevral 2025

O‘zbekiston Prezidenti ‘‘Gulf Care General Trading’’ kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda ‘‘Gulf Care General Trading’’ kompaniyasi rahbari doktor Iyad as-Solihni qabul qildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati.

2001-yilda tashkil etilgan kompaniya Ko‘rfaz mintaqasida tibbiy uskunalarning eng yirik yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, Kuvaytdagi xususiy tibbiyot muassasalarining keng tarmog‘i egasidir.

Mamlakatimiz yetakchisi kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi sheriklik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.