4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt va O‘mon davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi arab davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Diplomatik muvofiqlashtirish darajasini oshirish va Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi doirasida mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.