O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriev Eronning Alborz viloyati gubernatori Mojtaba Abdullahi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Gubernator Eron va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar rivojlanib borayotganini maʼqullab, mintaqaning iqtisodiy, sanoat va ilmiy sohalardagi ulkan salohiyatini hisobga olgan holda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
U ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va savdo hajmini oshirishga koʻmaklashishga tayyorligini taʼkidladi.
Uchrashuvda Alborz viloyati gubernatori boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi masalasi muhokama qilindi.