8-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev ‘‘Minaret Renovables’’ kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Visente Galdeano Fuentes bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida kompaniya bilan o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga uzoq muddatli rejalari va O‘zbekistonda barqaror energiya tizimini shakllantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi. Mamlakatimizda “yashil energiya” bo‘yicha strategik maqsadlarga erishishda kompaniyaning xalqaro tajribasi va innovatsion yondashuvlari katta ahamiyatga ega.
Suhbat yakunida hamkorlikni yanada kengaytirishga va kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.