Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Akram Aliyev va Saudiya Arabistoni Podshohligi energetika vaziri o‘rinbosari Fuad Mosa boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar ommabop uy-joy qurilishi, polimer texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish, suv resurslari va taqsimlangan energetika tizimlarini boshqarish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, barqaror transport va moliyaviy-texnik yordam yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish doirasida munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga oʻzaro tayyorlik bildirilib, hamkorlik amaliy mexanizmlari ishlab chiqildi.