16 may 2025

O‘zbekiston va Envirol kompaniyasi Markaziy Osiyodagi birinchi chiqindilarni bioyoqilg‘aga qayta ishlash zavodini qurish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BAAning Envirol kompaniyasi bosh direktori Elham Putang‘estani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Envirol o’z faoliyatini 2006-yilda Dubayda boshlagan. Envirol Dubay hukumati bilan kunlik quvvati 500 000 litrdan ortiq bo’lgan chiqindi moylarni qayta ishlash bo’yicha tashkil topgan qo’shma korxonadir. Alserkal guruhining sho‘’ba korxonasi hisoblanadi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyodagi birinchi chiqindidan bioyoqilgʻi ishlab chiqaruvchi zavodni Oʻzbekistonda qurish istiqbollari muhokama qilindi.

Loyihani muvaffaqiyatli va oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha aniq choralar belgilanib, uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.